Germaniyaning Kotbus shahrida ayollar o`rtasida sport gimnastikasi bo`yicha xalqaro musobaqada hamyurtimiz Oksana Chusovitina ishtirok etdi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar beradi.
Joriy yilning iyun oyida 40 yoshni qarshilaydigan sportchimiz tayanib sakrash bo`yicha o`tkazilgan musobaqada 14.875 ball to`plab, oltin medalga sazovor bo`ldi.
O.Chusovitinadan keyingi o`rin sloveniyalik gimnastikachi Tyasa Kisselefga (14,000 ball) nasib etdi.





