1

Prezident 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotladi

Siyosat 07.03.2020, 10:14
Prezident 8 mart  – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni:

Mamlakatimizda aziz va mo``tabar ayol zotiga munosib ehtirom ko`rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o`rni va nufuzini oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va jahon miqyosidagi mavqeini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida hamda oilalarda ma`naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, aholi farovonligini ta`minlash, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, sog`lom va barkamol etib tarbiyalash ishlariga qo`shgan katta hissasi, yangi O`zbekistonni barpo etish yo`lidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko`rsatib kelayotgani uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

«O`zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

Chusovitina Oksana Aleksandrovna – Sport gimnastikasi bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Kuznesova Svetlana Mixaylovna – Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport gimnastikasi bo`yicha katta murabbiyi

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Batirova Margarita Azizovna – Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining tillar kafedrasi professori

Boymatova Sibiniso Musurmonqulovna – Sharof Rashidov tumanidagi «Musurmon ota» fermer xo`jaligi boshlig`i, Jizzax viloyati

Djamilova Gulchexra Mannonovna – O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Ibragimova Rixsixon Ismailovna – O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Karieva Bernara Raximovna – O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori

Maxmudova Robaxon Anvarovna – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi raisi

Sadullaeva Gulchexra – O`zbekiston davlat satira teatri aktrisasi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Adilova Fatima Tuychievna – O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri

Babajanova Zulfiya Reimbaevna – «Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining kimyo sexi boshlig`i, Qoraqalpog`iston Respublikasi

G`afforova Fotima – Mehnat faxriysi, Samarqand viloyati 

Maripova Saodat Toraxanovna – O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasining «Mineral resurslar instituti» davlat korxonasi sho``ba mudiri

Mendieva Ranoxon – Uchko`prik tumanidagi «Mendieva Ranoxon» fermer xo`jaligi boshlig`i, Farg`ona viloyati

Parpibaeva Ozoda Abdukadirovna – Toshkent viloyati mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari

Sabirova Vazira Talipovna – Mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Turaeva Gavxarjan Ibragimovna – Gurlan tumanidagi «Navro`z» folklor- etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari, Xorazm viloyati

Shodmonova Mavlyudaxon – Marhamat tumanidagi «Barhayot Nozimjon fayzi» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Yunusova Manzuraxon Pazliddinovna – Andijon viloyati hokimining o`rinbosari – mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i

Yusupova Tuti – O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Jalolova Sabohat Ashurkulovna – Sariosiyo tumanidagi 29-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Muminova Madina Rashidovna – Namangan shahridagi «Baby plaza» xususiy maktabi direktori, Namangan viloyati

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Aslanova Dilbar Xasanovna – Samarqand iqtisodiyot va servis institutining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha prorektori, Samarqand viloyati

Axmedjanova Pokiza Shavkatovna – Guliston shahridagi «Bolalar shaharchasi» direktori, Sirdaryo viloyati

Raximova Mukaddas Aralovna – Yakkabog` tumanidagi «Madaniyat tekstil ko`p tarmoqli» mas`uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish ta`limi ustasi, Qashqadaryo viloyati

Saburova Injigul Jumabaevna – O`zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`linmasining «Muxalles» dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi

Usmanova Saodat Umarovna – Namangan davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi, Namangan viloyati 

Haitova Rohat Axmadjonovna – Vobkent tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Buxoro viloyati

«Do`stlik» ordeni bilan

Abdullaeva Maksuda Sultanovna – Urganch tumanidagi «Urganch parranda invest» xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati

Akramova Zulayxo Abdurazoqovna – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo`mitasi a`zosi

Axmadalieva Nodira Kaxramonovna – Andijon tumanidagi «Gold Andijan pharma» qo`shma korxonasi direktori, Andijon viloyati

Baxodirova Valentina Grigorevna – O`zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining Qamashi tumani tashkiloti raisi, Qashqadaryo viloyati

Djavlanova Kimyoxan Kurbanbaevna – Quyi Chirchiq tumani hokimligining xotin-qizlar kengashi a`zosi, Toshkent viloyati

Jolimbetova Aytgul Aymbetovna – Mo`ynoq tumanidagi 15-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Kambarova Nasiba Axmadalievna – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faxriy diktori

Mustafaeva Zamira Rustamovna – G`allaorol tumanidagi «Sarbozor qurilish trans» xususiy korxonasi rahbari, Jizzax viloyati

Obloberdieva Zuhro – «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a`zosi, kashtachi-usta

Sabitova Madiya Irkinovna – Karmana tumanidagi «Polipropilen quvurlar» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati

Saidbekova Daxiyatpocho Babaevna – So`x tumanidagi «Sarikanda» qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori, Farg`ona viloyati

Suvonova Dilbar Nabievna – Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi direktori, Surxondaryo viloyati

Susepina Viktoriya Dmitrievna – «Toshkent quvur zavodi» qo`shma korxonasi rahbari, Toshkent shahri

Umarova Nigora Telmanovna – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining ma`naviyat va ma`rifat kafedrasi mudiri

Umarova Nodira Nigmatullaevna – O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi «Ishga marhamat» monomarkazi direktori

Usmanova Izrabu Aripovna – Rishton tumanidagi «Izrail Izrabonu» oilaviy korxonasi rahbari, Farg`ona viloyati

Xolbekova Begoyim Abduraxmonovna – O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o`qituvchisi

Shanazarova Aziza Abdumalikovna – Amerika Qo`shma Shtatlarining Kolumbiya universiteti professori

Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna – «Sabr» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori

Ermatova Nazokat – Boyovut tumanidagi «Ziyokor» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Sirdaryo viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Abdullaeva Umida Xazratovna – O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo`yicha bo`lim boshlig`i

Boboqulova Guli Rajabovna – O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasining Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi «Olot» chegara bojxona posti
katta inspektori

«Shuhrat» medali bilan

Beknazarova Saida Safibullaevna – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining audiovizual texnologiyalar kafedrasi professori

Bovaqulova Mavjuda Raximberdievna – Yangiyo`l shahridagi «Baxor style» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Dadadjanova Iroda Abdulazizovna – O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Yosh kuch» jurnali bosh muharriri

Igamberdieva Parizod Kadirovna – Farg`ona davlat universitetining kimyo kafedrasi katta o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Inakova Barnoxon Baxodirovna – Andijon davlat tibbiyot institutining pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, Andijon viloyati

Islomova Gulmira Raxmonovna – «Hunarmand» uyushmasining Nurota tumani bo`limi a`zosi, kashtachi-usta, Navoiy viloyati

Karimova Navbaxor Valijanovna – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali siyosiy sharhlovchisi

Mamadiyorova Yulduzoy Karshievna – Shahrisabz tumanidagi «Shakhrisabz tour» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Mamarasulzoda Zulxumor Abulkosim qizi – Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi «Maqom» ansambli maqomchisi

Mansurova Munisa Anvarovna – Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutining tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasi mudiri

Raxmatova Farog`at Shavkatovna – Denov tumanidagi «Smart kids» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Surxondaryo viloyati

Turdimuratova Aynur Baxtibaevna – Nukus shahridagi «Jayxun universal qurilish» mas`uliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Xalikova Xamida Azimjonovna – «Bekobodsement» aksiyadorlik jamiyatining sex tegirmon mashinisti, Toshkent viloyati

Ximmatova Yulduzoy Shaxritdinovna – «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining sex apparatchisi, Navoiy viloyati

Xusainova Nafisa Rustamovna – Samarqand shahridagi «Samarkand-England eco medisal» qo`shma korxonasining sifat ta`minoti bo`limi boshlig`i, Samarqand viloyati

Xusanova Gavxar Mamarajabovna – Sayxunobod tumanidagi «Gulbahor ziyo kitob savdo» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Shukurova Gulchehra Shoyiqulovna – Qorako`l tumanidagi «Gullar chehrasi» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Eshchanova Javhar Ataxanovna – Yangibozor tumanidagi «Hamid Olimjon» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Xorazm viloyati

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1