1

Prezident Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi qarorni imzoladi

Siyosat 07.03.2020, 10:25
Prezident Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi qarorni imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori:

Mamlakatimizda mo``tabar ayol zotini ulug`lash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o`rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo`llab-quvvatlash, o`zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o`rnak bo`lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro`yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko`rsatayotgan qizlarni munosib rag`batlantirish maqsadida:

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a`lo xulqi, noyob iste`dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta`lim, fan, adabiyot, san`at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi takliflari ilovadagi ro`yxatga muvofiq ma`qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o`tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko`krak nishonlari topshirilsin.

3. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta`minlasin.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste`dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.Kudbiev zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoev

Toshkent shahri, 2020 yil 4 mart.

                                                                                            * * *

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 martdagi  PQ-4626-son qaroriga ilova

ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANGANLAR  RO`YXATI


Ibragimova Nazokat Muxtarovna - Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti

Nuratdinova Dinara Elubay qizi - Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Abdumo`minova Nigora Ixtiyorovna - Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi

No``monova Zulfira Iqboljon qizi - Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Rajabova Nilufar Komiljonovna - O`zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

Xolikova Nozima Nematilloevna - Buxoro davlat universitetining tayanch doktoranti

Ibragimova Vazira Xusan qizi - O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Ma`rifat va hikmat» mas`uliyati cheklangan jamiyati muharriri (Jizzax viloyati)

Ilxomova Sevara Davron qizi - Jizzax politexnika institutining 3-bosqich talabasi

Norchaeva Madina Norchaevna - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Olimjonova Begoyim Mansur qizi - Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi

Omonboeva Merey Erali qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi

Saparova Sitora Shaydullo qizi - Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi

Azimova Dilafro`z Alamxon qizi - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Tojiboeva Olimaxon Ikromjon qizi - Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining 9-sinf o`quvchisi

Musulmonova Kamola Xusniddin qizi - Samarqand davlat universitetining 2-bosqich magistranti

Usmanova Nurinisso Olimovna - Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Muxamadieva Sitora Shuxratjon qizi - Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 4-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi

Samatova Shahnoza Ortiqboy qizi - Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Abdurazaqova Ruxshona Ilhomjon qizi - Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining 8-sinf o`quvchisi

Qayimova Sabina Olimovna - Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazining to`garak rahbari (Surxondaryo viloyati)

Boltaeva Mohira Matyoqub qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Jalolova Mohinur Ziyovuddin qizi - P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 11-sinf o`quvchisi (Toshkent viloyati)

Xabibullaeva Nozima Xayrullo qizi - Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqich magistranti (Farg`ona viloyati)

Xomidova Nasiba Yunusjon qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg`ona filiali 1-bosqich magistranti

Alimova Maxliyo Maxmud qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 6-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Sharipbaeva Nazokat Quroltoy qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Dzivinskaya Yuliya Stanislavovna - 2-Respublika tibbiyot kollejining 3-bosqich o`quvchisi (Toshkent shahri)

Tog`aymurodova Shaxnoza Shuxrat qizi - Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1