Madridning “Real” jamoasi yozda tarkibga PSV himoyachisi Yetro Villemsni qo`shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda ispan matbuoti asosida sports.uz nashri xabar beradi.
20 yoshli chap qanot himoyachisi bugungi kunda jamoasining eng yaxshi assisentlaridan biri bo`lib turibdi. Joriy mavsumda Villems jamoadoshlarining gol kiritishlarida 13 bora aniq to`p oshirishni amalga oshirgan va bir bor raqib darvozasini ishg`ol qilgan.
Eslatib o`tamiz, Yetro Villemsga “Manchester Siti” jamoasi ham qiziqish bildirgan.





