1

Futbol o`yinini tomosha qilgani kelgan qashqadaryolik muxlis “Spark” yutib oldi

Sport 09.03.2020, 10:50
Futbol o`yinini tomosha qilgani kelgan qashqadaryolik muxlis “Spark” yutib oldi

Superliganing 2-turidan o`rin olgan “Nasaf” – “Andijon” uchrashuvini tomosha qilish uchun chipta sotib olgan yakkabog`lik Navro`z Normurodov “Spark” avtomobilini yutib oldi.

Gap shundaki, "Nasaf" markaziy stadionida bo`ladigan "ajdarlar" ishtirokidagi barcha uchrashuvlar chiptalarini "Professional Sport Agentligi" sotib olgan edi. Va agentlik aksiya e`lon qilgan edi.
Aksiya shartiga ko`ra, ishtirok etish uchun chiqarilgan chiptalarni sotib olish va o`yinda ishtirok etish talab etiladi.
Omadli raqam egasi esa “Spark”ni qo`lga kiritadi.

Navruz Normurodov, muxlis: 

— Aksiyadan xabarim bor edi, lekin Spark yutish uchun o`ynaganim yo`q va buni kutmagan edim ham. Shunchaki "Nasaf" futbol klubiga muxlis bo`lganim uchun bugun stadionga kelib o`yinni tomosha qildim va loyihada ham ishtirok etib ko`rdim.
"Nasaf"ning bugungi g`alabasi va Spark yutib olishim unitilmas kunlarimdan biri bo`ldi!

Eslatib o`tamiz, !Professional Sport Agentligi!ning "Nasafnews"ga ma`lum qilishicha ertaga “Spark” aftomobili o`z egasiga tantanali ravishda topshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1