Tokio Olimpiadasi sari ikkita yo`llanma qo`lga kiritildi. Yana uchtasi hal etilishi kerak

Sport 09.03.2020, 12:26
Tokio Olimpiadasi sari ikkita yo`llanma qo`lga kiritildi. Yana uchtasi hal etilishi kerak

Xabaringiz bor, shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun boks bo`yicha Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari yo`llanmalari masalasi hal etilmoqda.

Kecha, 8 mart kuni ushbu lisenzion musobaqa doirasida besh nafar o`zbekistonlik charm qo`lqop ustalari hal qiluvchi janglarda o`z ishtirokini boshlashdi. Ushbu janglarning ahamiyati shundaki, bu bahslarda g`alaba qozongan bokschilar Tokio Olimpiadasi lisenziyasini qo`lga kiritishadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

E`tiborlisi, ikki nafar bokschimiz o`z janglarini o`tkazib bo`lishdi va kutilgan g`alabalar va yo`llanmalarni bizga taqdim etishdi. Dastlab, -69 kg vaznda Bobousmon Baturov xitoylik Kiong Ersun mag`lub etgan bo`lsa, -91 kg: Sanjar Tursunov eronlik Tufan Sharifidan ustun keldi.

Ushbu turnirning kechki dasturidan o`rin olgan bahslarda yana uch nafar bokschimiz yo`llanmalar uchun ringga ko`tarilishadi. Unga ko`ra:

-69 kg: Maftunaxon Melieva — Lovlina Borgoain (Hindiston);

-75 kg: Fanat Qahramonov — Abilxan Amankul (Qozog`iston);

+91 kg: Bahodir Jalolov — Danis Latipov (Bahrayn) janglari o`tkaziladi. Ushbu janglarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz va ulardan ham Olimpiya o`yinlari yo`llanmalarini kutib qolamiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1