O`zbekistonlik uch nafar bokschi Olimpiada o`yinlariga yo`llanma oldi

Sport 09.03.2020, 14:24
O`zbekistonlik uch nafar bokschi Olimpiada o`yinlariga yo`llanma oldi

Tokioda bo`lib o`tadigan yozgi olimpiada o`yinlariga yo`llanma beruvchi havaskor boks bo`yicha saralash turnirida o`zbekistonlik besh nafar bokschi ringga chiqib, ularning uch nafar olimpiada lisenziyasiga ega chiqdi.

Erkaklar o`rtasida -69 kg vazn toifasida Bobousmon Baturov chorak finalda xitoylik Kiong Ersunni qiyinchilik bilan mag`lub etdi va Tokio Olimpiadasiga ilk lisenziyasini qo`lga kiritdi. Shundan so`ng, Sanjar Tursunov (-91 kg) eronlik Tufan Sharifini 5:0 hisobida engib va Bahodir Jalolov (+91 kg) Bahrayn sharafini himoya qilayotgan, asli kelib chiqishi boshqirdistonlik Denis Latipovni 5:0 hisobida engib lisenziyalarni qo`lga kiritishdi.

Qizlar o`rtasida Maftuna Melieva (-69 kg) hindistonlik Lovlina Borgoainga, erkaklar o`rtasida Fanat Qahramonov (-75 kg) esa qozog`istonlik Abilxan Amanqulga imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Bugun yana qolgan bokschilar ringga chiqishadi. -52 kg vaznda Shahobiddin Zoirov, -57 kgda Mirazizbek Mirzahalilov, -63 kg vaznda Elnur Abduraimovlar g`alaba qozongan taqdirda Tokio olimpiadasi yo`llanmasini qo`lga kiritishadi.

Bugungi janglar ro`yxati quyidagicha:

-51 kg: Tursunoy Rahimova – Ksyao-Ven Xuang (Xitoy Taypeyi)

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Umid Ahmadisafo (Eron)

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Sing Yu So (Gongkong)

-60 kg: Rayhona Qodirova – Sudaporn Sisondi (Tailand)

-63 kg: Elnur Abduraimov – Garsayd Xarrison (Avstraliya).

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1