1

Neft narxining keskin tushib ketishi O`zbekistonga qanday ta`sir ko`rsatadi?

Jamiyat 09.03.2020, 16:34
Neft narxining keskin tushib ketishi O`zbekistonga qanday ta`sir ko`rsatadi?

Yaqinda OPEK mamlakatlari va uning tarkibiga kirmagan, jumladan, Rossiya, Qozog`iston va Ozarbayjon(OPEK+) kabi davlatlar neft vazirlari uchrashishdi. Ular 2016 yildan buyon ilk marta qazib chiqarishni qisqartirish bo`yicha kelish olishmadi. Masalan, Rossiya qazib chiqarish hajmlarini qo`shimcha kamaytirishni rad etdi va kuniga neft qazib chiqarishni 1,7 mln. barrelga qisqartirish nazarda tutilgan amaldagi kelishuvni kuchida qoldirishni taklif etdi.

Saudiya Arabistoni esa, aksincha, yil oxiriga bu ko`rsatkichga yana 1,5 mln. barrel qo`shish kerakligini bildirdi.

1 apreldan boshlab kompaniyalar qancha kerak deb hisoblashsa, shuncha qazib olishni boshlashadi. Ar-Riyod neft qazib chiqarishni kuniga 10 mln. barreldag ziyodga, zarurat tug`ilganda 12 mln. barrelgacha oshirishni rejalashtiryapti.O`z navbatida Saudi Aramco neft xom ashyosi narxini kamaytirishga qaror qilgan.

Neftga nima bo`ldi?

O`tgan hafta juma kuniyoq “qora oltin” narxi 9 foiz tushib ketdi va dushanbaga kelib “avj nuqtasi”ga chiqdi. 9 mart kuni savdolar ochilishi bilan Brent markali neft narxi 38 dollarni, yopilishida esa 46 dollar atrofida bo`ldi.

Shunday qilib ushbu turdagi “qora oltin”ning bir barreli qiymati 22 foiz pasayib, 35 dollargacha arzonlashdi. Neft oxirgi marta bunday narxda 2016 yilda sotilgan edi.

Bu boradagi antirekord 1991 yilda AQSh Fors ko`rfazida bosib olingan Quvaytni Iroqdan ozoz qilish uchun “Sahrodagi bo`ron” operasiyasini boshlaganda ro`y bergandi.

Rublga nima bo`ldi?

O`tgan hafta jumadan boshlab rubl arzonlashishni boshlagan edi. Ammo dunyo bo`yicha neft narxining keskin tushib ketishi oqibatida uning kursi keskin pasayib ketdi. Uning dollarga nisbatan kursi 72 rublga, evroga nisbatan esa 82 rublgacha qimmatlashdi.

O`zbekistonning nima aloqasi bor?

Neft narxlari O`zbekistonga ham Rossiya va boshqa mamlakatlar orqali bilvosita ta`sir qiladi. Bu birinchi navbatda mamlakatga valyuta oqimining asosiy kanallaridan biri bo`lgan mehnat migrantlari orqali ta`sirdir.

Rublning AQSh dollariga nisbatan kuchsizlanishi O`zbekistondagi ko`plab oilalar bog`liq bo`lgan mazkur jo`natmalarning valyuta hajmi qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Rossiya markaziy banki 2019 yilning 9 oyi bo`yicha e`lon qilgan statistikasiga ko`ra, ushbu davrda Rossiyadan O`zbekistonga 3,4 mlrd. dollar yuborilgan. Rubl qancha kuchsiz bo`lsa, bu summa shuncha kamayadi.

2014 yilda rublning keskin tushib ketishi, sanksiyalar va boshqa voqealardan so`ng Rossiyaga boradigan o`zbekistonlik mehnat migrantlari kamaya boshlagan edi, biroq 2016 yildan mazkur oqim qayta tiklandi va faol ravishda o`sib boryapti.
Ikkinchi omil bu eksportchilar bilan bog`liq. Ayni paytda Xitoy koronavirus tufayli qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan paytda, Rossiya oxirgi uch yilda ilk marta O`zbekistonning asosiy importchisiga aylandi.

Kuchsiz rubl so`mning almashtirish kursini mustahkamlashi ehtimoli bor. Bu esa Rossiya bozorlarida O`zbekiston eksportchilar mahsulotlarini yanada qimmatlashtirib, valyuta tushumlarini kamaytirishi mumkin.

Rossiya iqtisodiyotining sekinlashuvi u tomondan talab kamayishiga olib keladi. Bunday holat Xitoy bilan ro`y berganiga ancha bo`ldi. Bu esa asosiy eksport tovarlari narxlari pasayishiga sabab bo`lishi ham mumkin.

Binobarin, Markaziy bank asosiy savdo hamkorlarimizdan birining milliy valyutasi qadrsizlanishi kurslar bo`yicha kutilmalar va valyuta bozori ishtirokchilarining qaror qabul qilish jarayonlariga ta`sir etishini ta`kidlab o`tdi.

Biroq bu boradagi tashqi xatarlar sezilarli emasligi bildirildi. MB 2020 yilda O`zbekistondagi iqtisodiy vaziyat rivojlanishiga asosan ichki omillar ta`sir qiladi deb hisoblaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1