Endi Nukusdan Olmaotaga ham uchish mumkin bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston havo yo`llari matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 1 iyundan parvozlar chorshanba va shanba kunlari quyidagicha amalga oshiriladi:
- Nukusdan jo`nab ketish soat 10:05, Nukus vaqti bilan;
- Olmaotaga etib kelish soat 12:15, Olma-ota vaqti bilan;
- Olmaotadan jo`nab ketish soat 13:15, Olma-ota vaqti bilan;
- Nukusga etib kelish soat 15:45, Nukus vaqti bilan.
Bir tomonga aviachiptalar narxi 1 064 000 so`mdan, Nukus – Olmaota – Nukus yo`nalishi bo`yicha esa 1 849 000 so`mdan boshlanadi.
Nukusdan Moskva va Istanbulga ham uchish mumkin.