1

"Fuqarolar uchun ishlamaydigan bunaqa idoraning nima keragi bor?"

Jamiyat 06.05.2024, 20:20
"Fuqarolar uchun ishlamaydigan bunaqa idoraning nima keragi bor?"

Rasul Kusherbaev MIBning Jizzax va Qashqadaryo viloyat boshqarmalari tomonidan fuqarolarga kompensasiya mablag`lari undirib berilmayotganligi tanqid qildi.

MIB Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Kusherbaev nazarda tutgan, Zomin tuman xokimligidan fuqaro G.Xorunovaning foydasiga kompensasiya pullarini undirib bermayotganligi haqidagi murojaati bo`yicha sud hujjatiga ko`ra, qarzdor tuman hokimiyatidan fuqaro G.Xorunova foydasiga 1.171.022.257 so`m zarar undirish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning tuman bo`limi ish yurituviga onlayn tarzda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda yuborilgan.

– Byudjet kodeksining VII bo`lim 19-bob 128-moddasida, undiruvni Davlat byudjeti mablag`lariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish moliya organlari tomonidan tegishli byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi ko`rsatilgan.

Shuningdek,  “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi qonunining 83-moddasining 1-qismiga asosan (ushbu Qonunning 82-moddasida ko`rsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi belgilangan.

Ushbu murojaat yuzasidan undiruvchi tomon vakiliga to`liq tushuntirish berilgan.

Bundan tashqari, ijro varaqasiga asosan, qarzdor Mirishkor tumani hokimligi hisobidan “SABOXAT GULG‘UNCHALARI” nomli nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi foydasiga 1 mlrd. 20 mln. 876 ming so`m zarar va boshqa  mablag`larni  undirish to`g`risidagi ijro hujjati ish yurituviga kelib tushgan va qarzdor Mirishkor tuman hokimligining balansida bo`lgan barcha ko`chmas mulklariga, avtotransport vositalariga hamda g`aznadagi hisob raqamlariga nisbatan taqiq qo`yilishi ta`minlangan, – deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, hozirda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Kelgusida, hokimliklardan undirilgan qarzdorlik mablag`lari undiruvchilar o`rtasida teng taqsimlash ta`minlanishi ma`lum qilinmoqda.

Ma`lumot uchun keltirilishicha, kompensasiya bilan bog`liq 1 ming 182 ta ijro ishlari bo`yicha 490 mlrd. so`mga yaqin mablag`lar fuqarolarga undirib berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1