1

Ammandagi chorak final bahslari bokschilarimiz uchun omadli kechmoqda

Sport 09.03.2020, 19:28
Teglar: Iordaniya, boks
Ammandagi chorak final bahslari bokschilarimiz uchun omadli kechmoqda

Iordaniya poytaxti Amman shahrida o`tkazilayotgan boks bo`yicha lisenzion turnirning chorak final bahslari o`zbekistonlik bokschilar uchun omadli davom etmoqda.

Bugungi bellashuvlarni boshlab bergan Olimpiya va Jahon chempioni Shahobiddin Zoirov hal qiluvchi bahsda eronlik raqibi Omid Ahmadisafa ustidan g`alaba qozonib, bokschilarimizning to`rtinchi yo`llanmasini yurtimizga taqdim etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zining minsport.uz saytida xabar berdi.

63 kg vazn toifasidagi yarim final uchun kechgan uch raundli keskin bahsda iqtidorli bokschimiz Elnur Abduraimov avstraliyalik 23 yoshli raqibi Xarrison Garseydni taslim etdi va navbatdagi yo`llanmani terma jamoamiz hisobiga yozib qo`ydi.

Turnirning kechki dasturlarida soat 20:00 dan boshlab chorak final bahslari davom ettiriladi. Unga ko`ra hamyurtlarimiz:

-51 kg: Tursunoy Rahimova - Siao-Ven Xuang (Xitoy Taypeyi);

-60 kg: Rayhona Qodirova - Sudaporn Sisondi (Tayland);

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Sing Yu So (Gonkong) qarshi jang olib boradi.

Shuningdek, kecha chorak final bahsida qozog`istonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ygan Fanat Qahramonov -75 kg vaznda eronlik Seyedshahin Musaviga qarshi o`tish bahsida ishtirok etadi. Fanat Olimpiya o`yinlariga chiqish uchun ikkita jangda g`olib bo`lishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1