1

Yana ikki o`zbek bokschisi lisenzion turnir finaliga chiqdi

Sport 11.03.2020, 15:49
Yana ikki o`zbek bokschisi lisenzion turnir finaliga chiqdi

Tokio olimpiadasiga yo`llanma beruvchi havaskor boks bo`yicha saralash turnirida barcha finalchilar nomi ma`lum bo`ldi.

Kechki dasturda bo`lib o`tgan yarim final janglarida Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) qozog`istonlik Serik Temirjanovni mag`lubiyatga uchratib, final yo`llanmasini qo`lga kiritgan bo`lsa, +91 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov esa hindistonlik Kumar Satishdan ustun keldi va o`zbekistonlik bokschilar ichida uchinchi bo`lib final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Bugun final janglari va olimpiada yo`llanmasi uchun qo`shimcha kvotalar o`ynaladi. Uch nafar bokschi oltin medal uchun ringga chiqsa, Tursunoy Rahimova yo`llanma uchun o`tish bahsida ishtirok etadi:

-51 kg: Tursunoy Rahimova – Yutumas Jitpong (Tailand) (14:00)

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Mohamm Alvadi (Iordaniya) (- 20:45dan so`ng)

-63 kg: Elnur Abduraimov – Zakir Safiulin (Qozog`iston) (21:00dan so`ng)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Yustis Xuni (Avstraliya) (22:15dan so`ng).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1