AsosiySport

OCh saralash: O`zbekiston-Hindiston 2:0

Bugun, 26 mart kuni Bangladesh poytaxti Dakka shahrida U-23 OChga saralash guruh bahslari boshlandi. "E" guruhidan o`rin olgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasi dastlabki uchrashuvni Hindiston termasiga qarshi o`tkazdi.

Uchrashuvning birinchi bo`limi durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo`limning 88-daqiqasida Igor Sergeev hisobni ochdi. Hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqada Vladimir Kozak yana bir to`p kiritib, hisobni 2:0 ga etkazdi. Endi vakillarimiz navbatdagi 2-turni 29 mart kuni Bangladesh terma jamoasiga qarshi o`tkazadi, deb xabar beradi sports.uz nashri.

    Boshqa yangiliklar