WBO yo`nalishi yarim o`rta vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyao Filippin soliq idorasi tomonidan soliq to`lamaganlikda ayblanmoqda. 2008 va 2009 yillarda u 49,5 million evroga teng mablag`ni yashirganlikda ayblanib, sudga berilgan. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
2014 yilda Pakyao Filippinda eng ko`p soliq to`lovchi shaxsga aylangan. Bu miqdor 42 million dollarlik daromaddan hisoblanishi mumkin bo`lgan. 2013 yilda esa Menni 3,75 million dollar mablag`ni soliq xizmatiga o`tkazib bergan.
Eslatib o`tamiz, Menni Pakyao 2 may kuni AQShning Las-Vegas shahrida ko`pchilik tomonidan asr jangi sifatida e`tirof etilayotgan superjangda engilmas Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko`tariladi.





