1

O`zbekistonlik taniqli aktyor Rossiyada «Yil odami» sifatida e`tirof etildi

Madaniyat 13.03.2020, 12:39
O`zbekistonlik taniqli aktyor Rossiyada «Yil odami» sifatida e`tirof etildi

"Sevishganlar", "Ikki soldat haqida qissa", "Jangga faqat qariyalar boradi", "Bomba", "Yaratganga shukur", "So`qirlar" singari film hamda seriallardagi ijrolari orqali tanilgan O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Rustam Sagdullaev Rossiya Federasiyasida "Yil odami" deya e`tirof etildi. 

Nafaqat O`zbekiston, balki o`nlab mamlakatlarda ham o`z muxlislariga ega aktyor va rejissyorga mukofot Gitlerchilar Germaniyasi ustidan qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlab Moskva shahrida o`tkazilgan «Yil odami—2020» taqdimot marosimida topshirildi.

«Qariyb 30 yildirki, rossiyalik rejissyorlar bilan hamkorlikda ishlab kelaman. Bundan tashqari, 1996 yildan buyon Rossiyada o`tkaziladigan nufuzli kino festivallarda hakamlar hay`ati a`zosi sifatida qatnashaman. Muxlislarim orasida rossiyaliklar ham ko`pchilikni tashkil etadi. Ular ko`proq «Jangga faqat qariyalar boradi» filmidagi Romeo obrazim orqali tanishadi.

Shu paytga qadar Rossiya hukumati tomonidan bir qancha mukofotlarga loyiq ko`rilgandim. «Yil odami» sifatida e`tirof etishgani esa kutilmagan va unutilmas yangilik bo`ldi.

O`zbek aktyori ekanligimdan doimo faxrlanaman. Bu sovrinni men orqali O`zbekistonga berishgani uchun cheksiz minnatdorman. Mazkur mukofot birgina meniki emas, butun xalqimiz, san`at shinavandalari va hamkasblarimniki hamdir», — dedi Rustam Sagdullaev.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1