1

Olimpiadaga yo`llanmani qo`lga kiritgan bokschiga avtomobil topshirildi

Sport 14.03.2020, 12:38
Olimpiadaga yo`llanmani qo`lga kiritgan bokschiga avtomobil topshirildi

Xabaringiz bor, Iordaniyaning Amman shahri boks bo`yicha Tokio-2020 olimpiadasiga lisenzion turnirga mezbonlik qildi. O`zbekistonlik charm qo`lqop ustalaridan uch nafari oltin medalga sazovor bo`ldi. Bokschilarimizdan Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov hamda Bahodir Jalolovlar o`z vazn toifalarida tengsiz ekanligini isbotlashdi.

Bokschilarimiz bugun tantanali ravishda Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan edi. Oltin medalni qo`lga kiritgan Mirazizbek Mirzaxalilov Farg`onada ham katta tantana bilan kutib olindi. Mirazizbekni viloyat hokimi kutib oldi hamda oltin medalni qo`lga kiritib, Tokio-2020 olimpiadasiga yo`llanmani qo`lga kiritgan bokschiga Nexia-3 avtomobilini topshirdi.

Mirazizbek musobaqaning so`ngi jangida -57kg vazn toifasida iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi ringga ko`tarildi va 5:0 hisobida yaqqol ustunlik bilan g`alabaga erishdi.

Ma`lumot o`rnida ta`kidlash lozim, 2019 yilning sentyabr oyida Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o`tkazilgan jahon chempionatida Mirazizbek oltin medaliga sazovor bo`lib qaytgan edi.

Bokschimizga Tokioda bo`lib o`tadigan olimpiadada omad yor bo`lishini tilab qolamiz!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1