Bir necha kun oldin Dog`istonning Chirkey qishlog`ida yuz tuzilishi antiqa bo`lgan qo`zichoq dunyoga keldi, deya xabar beradi news.vse42.ru nashri.
Internet nashrlari, turli ijtimoiy tarmoqlarda uning yuz tuzilishi insonnikiga ham o`xshab ketadi, degan fikrni bildirilmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, bunday qo`zichoqning dunyoga kelishi mutasiya, genetik xato yoki ona qo`zichoqning doimiy ravishda A vitaminiga boy bo`lgan mahsulotlarni iste`mol qilganida ekan. Aytish lozimki, bunday qo`zicholarning tug`ilishi ko`p uchraydi. Odatda ular uzoq vaqt yashay olmaydi.