Joriy yil Bangkok shahri (Tailand)da o`tkaziladigan Osiyo chempionati hamda bo`lajak xalqaro turnirlarga qizg`in tayyorgarlik ko`rayotgan boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari shu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazishmoqda, deya xabar beradi olamsport.com nashri.
Mazkur yig`inga terma jamoa murabbiylari Abdulla Qo`chqorov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Murodjon Axmadaliev (-56 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Xurshid Tojiboev (-60 kg), Fazliddin G`oipnazarov (-64 kg), Isroil Madrimov (-69 kg), Bektemir Meliqo`ziev (-75 kg), Elshod Rasulov (-81 kg), Rustam To`laganov (-91 kg), Bahodir Jalolov (+91 kg). O`quv-mashg`ulot yig`ini 6 aprelga qadar davom etadi.





