AsosiyJamiyat

Samarqandda 4 ta mashina va o`nlab odamlar ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

'Samarqandda 4 ta mashina va o`nlab odamlar ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Kecha, 16 mart kuni soat 21:40 da Narpay tumani Mirbozor qo`rg`oni hududidan o`tuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo`lining 105 kilometrida “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`lning qatnov qismini ajratib turuvchi beton to`siqni buzib o`tib shu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan “Gazel” rusumli mikroavtobus bilan to`qnashuv sodir etgan, natijada shu yo`nalishda harakatlangan “VAZ 2106” va “Nexia-2” rusumli avtomashinalar shikastlangan, ushbu avtomashina haydovchilari jabr ko`rmagan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha, YTH natijasida “Gazel” rusumli mikroavtobusning haydovchisi va bir nafar yo`lovchisi hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etgan, yana bir yo`lovchi og`ir tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan, mikroavtobusda bo`lgan 9 nafar yo`lovchi va “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi turli xil darajada tan jarohat olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.

Hodisa sodir bo`lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yo`l-transport-hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Tekshiruv natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar