AsosiySport

Luis Suaresning orzusi ushaldi

Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares “Liverpul” afsonasi Stiven Jerrardning xayrlashuv uchrashuvidan so`ng o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Bu haqda sports.uz nashri xabar baradi.

- "Futbolda oldindan hech narsani bashorat qilish mumkin emas. Oldinda seni qanday taqdir kutayotganini bilishning ham iloji yo`q. Agar menga vaqti kelib yana Angliyada o`ynash nasib etsa, faqat “Liverpul”da o`ynayman. Men bugun Torres bilan birga o`ynaganimdan juda ham xursandman. “Liverpul”ga yangi kelgan paytimda u bilan o`ynashni orzu qilardim, lekin men jamoaga kelganimda u boshqa klubga o`tib ketgan edi. Bugun nihoyat Torres bilan birga o`ynashga muvaffaq bo`ldim. Bundan juda ham xursandman", - deydi Suares.

Eslatib o`tamiz, kecha “Liverpul” jamoasi afsonalari Stiven Jerrard va Jeymi Karrager klub tomonidan uyushtirilganhayriya uchrashuvida o`zaro bahs borishdi. Mazkur o`yinda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar