1

Abdulla Aripov va Mixail Mishustin telefon orqali koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyat muhokama qilishdi

Siyosat 17.03.2020, 09:07
Abdulla Aripov va Mixail Mishustin telefon orqali koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyat muhokama qilishdi

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federasiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqdagi xabar Rossiya hukumati saytida berildi.

Muzokaralar davomida yangi koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyat muhokama qilindi. Mixail Mishustin davlat xavfsizligini ta`minlash, aholi salomatligini saqlash va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yil 18 mart soat 00:00 dan 2020 yil 1 may soat 00:00 gacha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning Rossiyaga kirishi vaqtincha cheklanishi jori y etilganini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, kirishga cheklov Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlariga, xalqaro avtomobil transporti haydovchilariga, havo, dengiz va daryo kemalari ekipajlariga, xalqaro temir yo`l qatnovidagi poezd va lokomotiv brigadalariga, rasmiy delegasiyalar a`zolari hamda diplomatik, rasmiy, yaqin qarindoshi vafoti munosabati bilan rasmiylashtirilgan oddiy shaxsiy vizalarga ega bo`lgan shaxslarga nisbatan qo`llanilmaydi. 

Telefon orqali suhbat chog`ida Mixail Mishustin Rossiya tomonidan ko`rilayotgan choralar Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga mos kelishini va bu vaqtinchalik ekanligini bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1