2020 yilning 17 mart kuni soat 14:15 Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Navoiy shahri I.Karimovdagi Makro savdo majmuasida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risidagi xabar kelib tushgan. Yuzaga kelgan hodisa oqibatida majmuaning tashqi va bufet qismi 150 kv.m maydoni yongan.
Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga boshqarmaning 7 ta yong`in o`chirish ekipaji etib bogan. Yong`in-qutqaruv guruhining olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong`in soat 14:35da to`liq bartaraf etilgan. Shuningdek, 2130 kv.m. maydoni alangandan saqlab qolingan. Yong`inda halok bo`lgan va jabrlanganlar qayd etilmagan.
Holatning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda.






