Yaponiyalik Misao Okava 118 yoshida vafot etdi. Bu haqda u umrining so`nggi yillarida yashab, davolangan tibbiyot muassasasi vakillari xabar berishdi, deb yozadi TASS.
Misao Okava Yaponiyaning Osaka shahriga yaqin qishloqlardan birida1898 yilning 5 martida tug`ilgan. Uning uch nafar farzandi bor. Aytish kerakki eng katta farzandi hozirda 90 yoshda. Ma`lumotlarga ko`ra, garchi keksaygani sababli eshitish qobiliyati pasaygan bo`lsada, Misao Okavaning salomatligi borasida jiddiy shikoyati bo`lmagan.





