AsosiyShou-biznes

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ochiq xat” kitobi sotuvga chiqadi

Shu kunlarda Toshkentda marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ochiq xat” kitobi sotuvga chiqishi kutilmoqda, deb yozadi 12news.uz  nashri.

Ushbu “Hilol nashr” nashriyoti chop etgan kitob allomaning hayotligi chog`i dunyo yuzini ko`rgan so`nggi asarlardan biri sanaladi. Muallif kitobda keyingi chorak asrda musulmon olamida ro`y berayotgan muhim siyosiy voqealarga ochiq-oshkora munosabat bildirgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf  Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasi, Toshkent islom instituti, Liviya islom universiteti kabi nufuzli islom dorulfununlarida tahsil olgan. Ko`p yillar davomida Toshkent islom instituti, O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari diniy boshqarmasida ishlab kelgan. So`nggi yillarda islom ma`rifatiga bag`ishlangan ijodiy ishlar bilan shug`ullangan. “Imon”, “Ixtiloflar haqida”, “Din nasihatdir”, “Sunniy aqiydalar”, “Hadis va hayot”, “Tafsiri hilol”, “Oltin silsila” hadislar to`plami kabi ko`plab kitoblarning muallifi bo`lib, mazkur asarlarning aksariyati  turli tillarga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Eslatib o`tamiz, Shayx xazratlari shu yilning 10 mart kuni yurak xurujidan olamdan o`tgan edilar.

    Boshqa yangiliklar