AsosiyShou-biznes

Ulug`bek Rahmatullaevdan yangi "Hay yoray" qo`shig`ini qarshi oling (video)

Erkak xonandalarimiz orasida eng faol ijodkorlardan biri bo`lgan Ulug`bek Rahmatullaev bugun "Hay yoray" deb nomlangan yana bir ijod namunasini saytimiz orqali taqdim etdi. Bu haqda popcorn.uz nashri xabar beradi.

Mazkur tarona "O`zbegim Taronasi" radiosi orqali ilk bora jarang sochdi. Nodir Azimov qalamiga mansub matn asosidagi she`rga Iqbol Muhammadjonov musiqa bastalagan bo`lsa, mahoratli soundmaker Jasur Badalboev aranjirovka ustida ishlagan. 

Sho`x ohangdagi qo`shiq raqsbopligi bilan ko`plab muxlislarga manzur kelishi shubhasiz. Bu tarona uchun videoklip ham suratga olingani haqida xabar bergandik. Bugun saytimiz orqali mazkur klipni birinchilardan tomosha qilishingiz mumkin. 

Hasan va Husan Atabaevlar tomonidan suratga olingan klip komedik janrda bo`lib, bahoriy kayfiyat bahsh etadi. Videoklipda bir qator mahoratli va ko`zga ko`ringan aktyorlar jamoasi ishtirok etgan. 

Ulug`bek Rahmatullaev tomonidan taqdim etilayotgan yangi klipni tomosha qiling va baho bering!

    Boshqa yangiliklar