Rossiyaning Anapa shahrida boks bo`yicha yoshlar o`rtasida Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag`ishlangan VIII xalqaro turnirning saralash bahslaridan o`rin olgan bir qator janglar bo`lib o`tdi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.
Dastlab rossiyalik Yan Gavrilovga qarshi ringga ko`tarilgan Behruz Rahmonov (60 kg.) raqibini yirik 3:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, 64 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Ziyodbek O`rolov qozog`istonlik Sadreddin Ahmedovga imkoniyatni boy berib qo`ydi. 3:0. Shuningdek, 81 kg. vaznda hamyurtimiz Sanjar Tursunov mezbonlar vakili Rustam Ibrayxalievga umuman imkoinyat qoldirmadi (3:0) va keyingi bosqichga yo`l oldi
Endi musobaqaning 1/16 finalida Behruz Rahmonov moldovalik Buksha Doringa qarshi ringa ko`tarilsa, Sanjar Tursunovyana bir rossiyalik bokschi Muslim Gajimagomedov bilan kuch sinashadi.
Musobaqalar davom etmoqda.





