AsosiyDunyo

Germaniyaning “Die Welt” gazetasida “O`zbekistonga xush kelibsiz” nomli maqola chop etildi

'Germaniyaning “Die Welt” gazetasida “O`zbekistonga xush kelibsiz” nomli maqola chop etildi'ning rasmi

Germaniyaning “Die Welt” (Velt) gazetasi “O`zbekistonga xush kelibsiz” nomli maqola bilan bo`lishdi, deb yozmoqda O`zbekturizm. Sizga ushbu maqolaning tarjimasini taqdim etamiz.

 “O`zbekiston qadimiy tarix va boy madaniy merosga ega bo`lgan Markaziy Osiyodagi eng go`zal davlatlardan biridir. Ushbu mamlakat hududi baland tog`li vodiylar va jazirama cho`llar, qadimiy arxitektura yodgorliklariga to`la ko`p madaniyatli arxeologik va tarixiy majmualarni, shuningdek, zamonaviy shaharlarni ajoyib tarzda o`zida mujassamlashtirgan. Ushbu mamlakatda sayohat qilish turistlarga nafaqat O`rta Osiyo xalqlari tarixiga bag`ishlangan ekskursiya va YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan tarixiy obidalari bilan tanishishni, balki Buyuk Ipak yo`lining qadimiy yo`nalishlari bo`ylab qiziqarli sayohatni va`da qiladi. 

Faol turizm O`zbekistonning noyob tabiiy-iqlim sharoiti to`laqonli dam olish va sayyohlik uchun ajoyib imkoniyat beradi. Mamlakatning har bir hududi o`zining tabiiy imkoniyatlari bilan maqtana oladi: Pomir va Tyan-Shan baland tog` tizmalari, shaffof toza ko`llar, shovqin daryolar va shifobaxsh buloqlar. Mamlakatda turizmning mashhur turlari jadal rivojlanmoqda - ekstremal, ziyorat, etnik, qishloq va boshqalar. Borgan sari yangi marshrutlar va turistik xizmat ko`rsatish markazlari yaratilmoqda. Ekoturizm sayyohlik sohasidagi eng mashhur yo`nalishlardan biri bo`lib, O`zbekiston turizmning bu turini rivojlantirishga ulkan salohiyatga ega dunyoning kamdan-kam davlatlaridan biridir. Mamlakatning o`ziga xos xususiyatlari - bu xilma-xil tabiat, ekzotik hayvonlar, o`simlik dunyosining boyligi va ajoyib kontrastli go`zal tog` landshafti. O`zbekistonda ekoturlarni o`tkazish uchun milliy bog`lar va qo`riqxonalar kabi joylar juda ko`p. 

Madaniyat va an`analar Bir necha ming yilliklar davomida sivilizatsiyalar chorrahasida shakllangan O`zbekistonning o`ziga xos madaniyati, turli davrlarda zamonaviy O`zbekiston hududida yashab o`tgan xalqlarning an`analari va urf-odatlarini o`zida mujassam etgan. Bunga qadimgi forslar, yunonlar, ko`chmanchi turkiy qabilalar, arablar, xitoyliklar va ruslar o`z hissalarini qo`shishgan. Ko`p millatli O`zbekiston an`analari musiqa, raqs, rassomchilik, amaliy san`at, til, oshxona va kiyim-kechaklarda o`z aksini topgan. O`zbek madaniyati Markaziy Osiyo madaniyatlari asosidan iborat bo`lsada, O`zbekistonning har bir mintaqasida o`ziga xosligi mavjud, ular milliy liboslarda va mahalliy shevalarda aniq namoyon bo`ladi. Ushbu boylik bilan tanishish uchun butun mamlakat bo`ylab sayohat qilish kerak, ammo O`zbekistonning butun madaniyat palitrasini bir joyda ko`rishni istaganlar, respublikaning barcha hududlaridan ijodiy guruhlarni mujassam etuvchi O`zbekistonning o`ziga hos etnik festivallariga tashrif buyurishlari mumkin. 

Aynan shu erda siz o`zbek raqslari, musiqa, san`at,  hunarmandchiligining turfa ranglari boqalarni ko`rishingiz mumkin. Milliy taomlari O`zbek oshxonasi, ehtimol Sharqdagi eng boy va rang-baranglaridan biridir! Ba`zi bir o`zbek taomlari reseptlari ko`p asrlik tarixga ega. Buyuk Ipak yo`lining karvon yo`llari chorrahasida joylashgan O`zbekiston, asrlar davomida turli mamlakatlarning eng qiziqarli va g`ayrioddiy taomlari reseptlarini o`zlashtirgan. O`zbekistonda “mehmonlar uy egalari tomonidan tayyorlangan palovni tatib ko`rgandan keyingina uydan chiqib ketishlari mumkin” degan gap bor. Palov - bu har bir O`zbekiston aholisi pishirishni bilishi kerak bo`lgan an`anaviy taom. Ushbu mazali taom juda oddiy masalliqlardan tayyorlanadi: guruch, go`sht, ziravorlar, sabzi va piyoz. Palov har kungi taom sifatida ham, bayram kunlarida, masalan, to`y yoki dafn marosimi yoki muhtojlarga yordam sifatida tarqatish uchun ham tayyorlanishi mumkin. 

Palovning tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi, uning paydo bo`lishi haqida qadimgi afsonalar mavjud. Palov tayyorlash madaniyati va an`anasi 2016 yilda insoniyatning nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro`yxatiga kiritilgan”. 

Ma`lumot uchun: “Aksel Shpringer-ferlag” nashriyotiga tegishli “Die Welt” – Germaniyaning nufuzli har kunlik gazetasi bo`lib, Germaniyaning biznes elitasi orasida mashhurdir. Gazetada ko`plab tahliliy materiallar chop etiladi. Birinchi nashr 1946 yil 2 aprelda Gamburg shahrida chiqarilgan. 

Boshqa yangiliklar