AsosiyJamiyat

Misrdan O‘zbekistonga S gepatitiga qarshi dorini yetkazish qayta yo‘lga qo‘yildi

Sakkizinchi partiyadagi yordam umumiy 30 ta qutida 7200 dona dori vositasini o‘z ichiga oladi.

'Misrdan O‘zbekistonga S gepatitiga qarshi dorini yetkazish qayta yo‘lga qo‘yildi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidentining S gepatiti kasalligini 100 foiz davolash bo‘yicha" tashabbusi ijrosi doirasida 14 dekabr kuni "Uzbekistan Airwaysaviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan "S" gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazish jarayonini qayta yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA .

Ushbu sakkizinchi partiyadagi yordam umumiy 30 dona qutilarda 7200 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalarini o‘z ichiga oladi.

Dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan umumiy qiymati 4,2 million AQSH dolariga teng bo‘lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", V gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining beg‘araz grant yordam sifatida O‘zbekistonga berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar vazni 13,4 tonna, umumiy qiymati 1461 ming dollarga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tongda Toshkentdagi xonadonlardan biri yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:10

    Tongda Toshkentdagi xonadonlardan biri yonib ketdi

    Yong‘in sababi hozircha ma’lum emas.

    'Chiqindidan qarzi borlar ogohlantirishdan so‘ng ham to‘lamasa “svet”ga to‘lov qilolmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:57

    Chiqindidan qarzi borlar ogohlantirishdan so‘ng ham to‘lamasa “svet”ga to‘lov qilolmaydi

    Parlamentda chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarida to‘lov intizomini mustahkamga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi.

    'O‘zbekistonda fuqarolarga ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan qo‘ng‘iroq qilishmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:18

    'Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'Sherlar hujumiga uchrab halok bo‘lgan erkak bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.12.2024 23:31

    Sherlar hujumiga uchrab halok bo‘lgan erkak bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organlariga yuborilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 17.12.2024 22:52