Buxoro viloyatining Jondor tumanida mushtumzo`rlik bilan boshlangan janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi. Bu voqea haqida O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Mazkur hodisa 2020 yilning 16 mart kuni Jondor tumani “Arabxona” qishlog`ida sodir bo`ldi. Ya`ni 29 yoshli D.Ch. uyi oldida hamqishlog`i 31 yoshli J.S., bilan o`zaro tortishib qoladi. Janjalga sabab biri birining ukasini urgan va ikkinchi yigit jigarini himoya qilmoqchi bo`lib aybdorni o`zicha jazolashga qaror qilgan.
Xullas J.S. D.Ch.dan nima sababdan ukasi B.S.,ni urganligi haqida so`rab, yuz qismiga ikki murotaba mushti bilan uradi. Buning natijasida o`rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida D.Ch., yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan J.S.,ga og`ir tan jarohati etkazadi. Natijada J.S., tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqiziladi.
Ko`rib turganingizdek, o`zboshimchalik bilan fuqaroning fuqaro tomonidan aybdor deb topilishi va "samosud" qilinishi yaxshilikka olib kelmaydi. Buning uchun qonunlar, mas`ul huquqni himoya qilish organlari bor. Har qanday holatda aybdorni aniqlash va uni jazolash kerak bo`lsa mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish kerak.
Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, D.Ch., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.