Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi Yangi Zelandiya yoshlariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Farg`onadagi yangi bunyod etilgan “Istiqlol” stadionida bo`lib o`tadigan o`yin soat 16:00da boshlanadi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
Ikkala jamoa may oyi so`nggida boshlanadigan yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko`rmoqda. O`yin uchun chiptalar 5000 va 7000 so`mdan sotilmoqda. Ushbu jamoalar o`rtasidagi ikkinchi o`yin 6 aprel kuni bo`lib o`tadi. Faqat bu bahs qaerda bo`lib o`tishi rasman e`lon qilingani yo`q.





