1

Fattox Shodiev xalqaro fondi koronavirusga qarshi kurashda O`zbekistonga yordam bermoqchi

Iqtisodiyot 21.03.2020, 19:02
Teglar: fond, Shodiev, koronavirus
Fattox Shodiev xalqaro fondi koronavirusga qarshi kurashda O`zbekistonga yordam bermoqchi

ICF — Xalqaro Shodiev fondi O`zbekistondagi muhtoj aholi qatlamlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha keng ko`lamli xayriya dasturini amalga oshirish orqali hukumatning koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarini qo`llab-quvvatlamoqda.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo`llab-quvvatlash dasturining birinchi bosqichi mamlakat bo`ylab barcha keksa yoshdagilar va kam ta`minlangan oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari va dezinfeksiya vositalari bilan ta`minlashni o`z ichiga oladi.

Xalqaro Shodiev fondining O`zbekistondagi vakolatxonasi mamlakat hukumati va Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining virusli infeksiya pandemiyasi sharoitida zarur qoidalarga amal qilish bo`yicha tavsiyalarini bajarishga oid da`vatiga qo`shiladi. Insonparvarlik yordami jamlanmasi ichiga o`zbek tilidagi tavsiyalar ham joylashtiriladi.

"Oqil va dono, matonatli o`zbek xalqi hamjihatlikda bu xatarni engib o`tishiga hech qanday shubha yo`q. Xalqaro Shodiev fondi O`zbekiston Respublikasi hukumatining mamlakat bo`ylab koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha chora-tadbirlarini samarali qo`llab-quvvatlashga bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi, deya iqtibos keltiriladi UzNews.uz ning IFC matbuot xizmatiga tayanib yozgan xabarida

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1