Shu yilning 3 aprel kuni hamyurtimiz Sardor Milano “Rossiya 1” telekanalining “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasining ikkinchi yarim finalida ishtirok etdi.
Ushbu yarim finalda Sardor mashhur “Gladiator” filmining saundtrekini ijro etdi va Konstantin Meladze jamoasidan finalchilar qatoridan birinchilardan bo`lib joy oldi.
Endigina 23 yoshni qarshi olgan Sardor Milano (Eshmuhammedov) o`z ijrosi bilan ko`plab muxlislar e`tiboriga tushib ulgurdi. U “Glavnaya ssena”ning saralash bosqichida Andrea Bochellining "Con Te Partiro" (Time To Say Goodbye qo`shig`ini ijro etgan bo`lsa, chorak finalda – "Nella Fantasia" ni kuylagan edi.
E`tiboringizga 3 parel sanasida hamyurtimiz kuylagan qo`shiq videosini havola etamiz. Tamosha qiling va zavqlaning!





