AsosiySport

Yosh shaxmatchi Javohir Sindarov BAAda O`zbekiston sharafini himoya qiladi

2014 yili maktab o`quvchilari orasida chempion bo`lgan Javohir Sindarov Al-Aynda (BAA) 15 yoshgacha sportchilar orasida standart shaxmat bo`yicha bo`lib o`tadigan Al-Ain Youth U15 International Championship 2015 xalqaro shaxmat turnirida O`zbekiston sharafini himoya qiladi.

Shu yilning 6-8 aprel kunlari o`tkaziladigan musobaqalarda shaxmatchimiz oltinchi start raqami ostida ishtiroki etadi.
Turnirda 15 davlatning 114 nafar yosh shaxmatchilari qatnashadi. Reyting favoritlar – FIDE ustalari Viktor Matvishen (2376, Ukraina), Denis Maxnev (2347, Qozog`iston) va Abdulla Gadimbayli (2332, Ozarbayjon).

magichess.uz ma`lumotiga ko`ra, musobaqa 9 turdan iborat shveysar tizimi bo`yicha o`tkaziladi – kuniga 2 turdan. Vaqt nazorati – birinchi yurishning 30 soniyalik qo`shilishi bilan 90 daqiqa. Turnirda o`nta asosiy (birinchi o`rin uchun 4 ming doll.) va ko`plab maxsus sovrinlar mavjud, deb yozadi telegraf.uz nashri.

 

    Boshqa yangiliklar