Ispaniya chempionati 29-turida “Almeriya” o`z maydonida “Levante”ga 1:4 hisobida mag`lub bo`lganidan so`ng jamoa rahbariyati bosh murabbiy Xuan Ignasio Martinesni o`z lavozimidan bo`shatdi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.
AS nashrining ma`lumotlariga ko`ra, klub bosh murabbiyligi “Barselona” va “Atletiko Madrid” sobiq o`yinchisi Serxi Barxuanga topshirildi. Bundan avval, mutaxassis “Rekreativo” klubida ish olib borgan.
Ispaniya chempionati 29-turidan so`ng “Almeriya” 25 ochko bilan 18 o`rinni egallab turibdi.





