"Bemorlar o`z yaqinlari bilan vidolasha olmay, ko`zlarida yosh bilan vafot etmoqda..." Italiyalik shifokorning yig`lab yozgan maktubi jahonni larzaga soldi

Dunyo 25.03.2020, 10:44
"Bemorlar o`z yaqinlari bilan vidolasha olmay, ko`zlarida yosh bilan vafot etmoqda..." Italiyalik shifokorning yig`lab yozgan maktubi jahonni larzaga soldi

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan eng ko`p talofat ko`rayotgan davlat Italiya bo`lib qolmoqda. Mamlakatda bir kunda o`rtacha 500 nafardan odam kasallik sabab halok bo`lmoqda. Bugun internet olamida ana shu qurbonlarning bevosita guvohi bo`lib borayotgan italiyalik shifokorning maktubi jahonni larzaga soldi. Quyida biz ham ushbu maktubning o`zbek tilidagi tarjimasini o`z holida sizga taqdim etdik:

"Mamlakatimizda dahshatli fojialar ro`y bermoqda. Qari bemorlar ketar chog`i o`z yaqinlari bilan vidolasha olmaganlaridan ko`zlarida yosh bilan vafot etmoqdalar. Ular uyidagilar uchun so`nggi vidolashuv so`zlarini kameraga qarab aytishdan boshqa ilojlari yo`q. Ko`p hollarda er va ayoli bir kunda jon bermoqda. Bu xastalik grippga qaraganda ancha xavfli. Sizdan iltimos bu illatni "grippning bir turida" deya ko`rmang! Tana harorati shunday ko`tariladiki, isitmaga chidab bo`lmaydi. Bemorga havo etishmaydi, u xuddi cho`kayotgan kishidek qiynalib nafas oladi. Bemorlar shifoxonaga kelishni xohlashmaydi, lekin ozroq bo`lsada nafas olish ilinjida baribir kelishga majbur bo`lishadi.

Bu xastalikka qarshi juda kam dori vositalari mavjud. Biz qo`limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz, biroq barchasi bemorning ahvoliga bog`liq bo`lib qolmoqda. Yoshi o`tgan bemorlar kasallikka qarshi kurasha olishmayapti. Biz hammamiz yig`layapmiz. Hamshiralarimiz yig`lashyapti. Qani endi hammaning hayotini saqlab qololsak! Men ko`z o`ngida hayoti tugab borayotganlarni ko`ryapman. O`ta kuchli o`pka yallig`lanishi. Menga aytingchi, qanday gripp shunchalik talofat keltiradi? Bu umuman boshqacha virus. Ba`zi odamdar uchun bu ayniqsa xavfli. Bizning mamlakatda, o`rtacha 65 yoshdan oshganlarda qand kasalligi, qon bosimi ko`tarilishi va boshqa kasalliklar ko`p uchraydi. 

Ba`zi yosh odamlarda ham bu kasallik xavfli kechmoqda. Bu kasallik bilan og`rigan yosh bemorlarni ko`rganda, har qanday soppa-sog` yosh odam ham o`zini xotirjam his qila olmaydi. Bizning kasalxonada jarrohlik, tug`ruq, ko`z kasalliklari, teri kasalliklari qolmadi. Jarrohlik xonalari jonlantirish bo`limlariga aylantirilgan. Barcha virusga qarshi kurashmoqda. Bemorlar soni soat sayin ko`payib bormoqda. Analiz natijalarini kutamiz. Barchasida bir xil natija, ijobiy.

Barcha bemorlar bir hil narsadan azoblanadi: 

Chidab bo`lmas isitma. Nafas olish azob. Yo`tal. Cho`kayotgan kabi his qilish. Deyarli hamma jonlantirish bo`limida muolaja qilinmoqda. Ba`zilar hatto kislorod maskasi bilan ham nafas ololmaydi. Kislorod apparati oltindan qimmat. Bularning barchasi qanday qilib shu qadar tez ro`y berganiga ishonolmayapman. Biz hammamiz charchadik. Lekin hech kim chekinishni xohlamayapti. Hamma yarim tungacha ishlaydi. Doktorlar hamshiralar kabi tinimsiz ishlashda davom etadi. Men har ikki hafta o`tmaguncha uyga bormayman. Uydagi yoshi kattalardan xavotir olaman. Bolalar bilan kamera orqali gaplashamiz. Ba`zida ayolimning suratiga qarab yig`layman. Ayb bizda emas, bu kasallik unchalik xavfli emas, deganlarda hamma ayb. Ular buni odatiy gripp dedilar. Hech qanday chora ko`rilmadi. Endi esa kech. Sizdan iltimos, uydan tashqariga chiqmang. Bizga quloq soling. Favqulodda holatlardan boshqa paytda uydan chiqa ko`rmang. Oddiy niqobdan foydalaning. Niqob tanqisligi sabab bizlarning hayotimiz ham xavf ostida qolmoqda. Hozirda bir necha doktor yuqtirib oldi. Ularning oila a`zolaridan ko`plari hayot va o`lim o`rtasida. Yoshi kattalarni uydan tashqariga chiqishiga yo`l qo`ymang. Biz kasbimiz sabab uyda qololmaymiz. Oxirgi lahzalargacha bemorlarimizning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilyapmiz. Men yashab ketishga umid yo`q bemorlarning tanalaridagi azobni iloji boricha kamaytirishga urinyapman. Ertaga hammasi yaxshi bo`lib ketsa, bizni hamma unutadi. Doktorlik kasbi o`zi shunday.

Bu kasallik sizga etib kelmagan bo`lsa ham ehtiyot bo`ling. Ommaviy joylardan uzoq turing. Kinoga, konsertga, o`yingohlarga bormay turing. Iltimos qariyalarning qayg`usini tushunishga harakat qiling. Ularning hayoti sizning qo`lingizda. Siz bizdan ham ko`ra ko`proq odamlarning hayotini saqlab qolishga qodirsiz. Iltimos buni hammaga tarqating. Ushbu maktubni butun Italiya o`qisin. Vaqt borida o`qib olishsin!"

Italiya. 
Be Gavaseni gospitali, doktor Daniele Machini.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1