1

Liviyada koronavirusga chalinishning dastlabki holati qayd etildi

Dunyo 25.03.2020, 14:31
Liviyada koronavirusga chalinishning dastlabki holati qayd etildi

Liviyada koronavirusga chalinishning dastlabki holati qayd etildi. “RBK”ning yozishicha, bu haqda Tripolidagi Kasalliklarni nazorat qilish milliy markazi ma`lum qilgan.

Kasallangan bemor haqida boshqa ma`lumotlar keltirilmagan. Reuters`ning xabar berishicha, koronavirusga chalingan bemor poytaxt kasalxonalaridan biriga yotqizilgan.

Dunyo bo`yicha COVID-19 koronavirus pandemiyasiga chalinganlar soni 400 ming kishidan oshib ketdi. Jons Hopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, bemorlar soni ko`pligi bo`yicha yuqori beshlikdan Xitoy, Italiya, AQSh, Ispaniya va Germaniya joy olgan.

Kuni kecha Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreesus koronavirusning tarqalish sur`ati o`sib borayotganidan ogohlantirgan edi. U kasallikka qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish va tibbiy anjomlar ishlab chiqarishni oshirish taklifi bilan G20ga kiruvchi barcha mamlakatlar rahbarlariga murojaat qilishini ma`lum qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1