Davlat rahbari Tsyurix xalqaro aeroportida Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 22 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Davos shahrida AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.






