AsosiyBu qiziq

Navoiyda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib, ikki kishi jarohatlandi.

Navoiy viloyati Tomdi tumanida Navoiy-Zarafshon yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

'Navoiyda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib, ikki kishi jarohatlandi.'ning rasmi

Viloyat YXHB axborot xizmatiga ko‘ra, hodisa 17 yanvar kuni Tomdi tumani "Tomdibuloq" OFY hududidan o‘tuvchi A-379 Navoiy—Uchquduq avtomobil yo‘lining 189–190-kilometrlarida sodir bo‘lgan. Zhong Tong Bus rusumli avtobus harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan.

YXH oqibatida ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, Zarafshon shahar tibbiyot muassasasiga yetkazilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida ham ushbu tumanda avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, unda inson qurbonlari qayd etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar