1

“Moskva - Buxoro” aviareysi. 10 nafar yo`lovchi o`zlarini holsiz sezishgani bois kasalxonaga yotqizildi

Jamiyat 26.03.2020, 13:07
“Moskva - Buxoro” aviareysi. 10 nafar yo`lovchi o`zlarini holsiz sezishgani bois  kasalxonaga yotqizildi

25 mart kuni kechga yaqin Rossiya Federasiyasidan 604-sonli reys bilan “Moskva - Buxoro” yo`nalishida uchib kelgan aviareys qabul qilindi.  Tegishli xizmatlar, boshqarma, tashkilot va korxonalar mas`ul xodimlaridan tarkib topgan "SOVID-19" o`tkir yuqumli kasalligiga qarshi kurashish va tarqalishining oldini olish bo`yicha viloyat hokimligida tuzilgan Shtab ma`lumotiga tayanib, viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyot bortida bo`lgan 249 nafar mamlakatimiz fuqarolari favqulodda holatdan kelib chiqqan holda karantin tartib-qoidalari asosida kutib olindi. Chet eldan kelganlarning 213 nafari erkak, 36 nafari ayol. Ular orasida voyaga etmaganlar esa 31 nafarni, 60 yoshdan oshganlar esa 7 nafarni tashkil etmoqda.

Fuqarolarning 10 nafarida ko`ngil aynishi va o`zlarini holsiz sezish holatlari kuzatilganligi bois zudlik bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan yo`lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazaridan qattiq nazorat o`rnatilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1