27 mart soat 12:00: Navoiyga ham kirish-chiqish to`xtatiladi

Jamiyat 27.03.2020, 08:35
27 mart soat 12:00: Navoiyga ham kirish-chiqish to`xtatiladi

Navoiy viloyati aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo`ylab tarqalishining oldini olish maqsadida maxsus komissiya qaroriga ko`ra, 2020 yil 27 mart kuni soat 12.00 dan boshlab, Navoiy va Zarafshon shaharlari, shuningdek, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga viloyatning barcha hududlaridan kirish va chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va engil avtotransport) to`xtatiladi.  Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi ma`lum qildi.

Mazkur hududlarga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog`liq hollarga, shuningdek, shahar va tumanlarda (Navoiy, Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlari) doimiy yashovchi (ro`yxatdan o`tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig`iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas`ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Shu bilan bir qatorda, 27 mart kuni soat 12.00 boshlab ushbu hududlarda avtobuslar harakati to`xtatiladi.

 

Viloyatning shahar va tumanlari hududlariga kirishga qo`yilgan cheklovlar va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko`rilishi haqida ogohlantiramiz!

Aziz navoiyliklar, Sizlarni yana bir bora karantin davrida tartib-intizom va amaldagi qonunchilik talablariga qat`iy rioya etishga hamda zarurat bo`lmasa uyda qolishga chaqiramiz!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1