Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha tunda Ispaniya chempionati doirasidagi “Rayo Valekano” (2:0) bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda raqib darvozasini ishg`ol qildi, deb xabar beradi olamsport.com nashri.
Bu gol portugaliyalik futbolchining “Real” libosida kiritgan yubiley 300-goli sifatida tarixga muhrlandi. Ronaldu bu natijasiga 288 ta uchrashuvda erishdi. 300 ta goldan tashqari, jamoadoshlarining gollariga 102 marotaba hammualliflik qilgan.
RONALDUNING BARChA GOLLARI:
La Liga - 214
EChL - 60
Kubok - 21
Superkubok - 3
Evropa Superkubogi - 2





