Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turk va xitoylik shifokorlar tomonidan koronavirusga qarshi dori ishlab chiqarilganligi to`g`risidagi audio xabarlar yolg`on va haqiqatga to`g`ri kelmaydi, deya ma`lum qildi koronavirus info kanali.
"Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma`lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so`mdan 89 mln 200 ming so`mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi", deyiladi xabarda.
Yodda tuting, tasdiqlanmagan manbalar tarqatgan har qanday xabar va tavsiyalarga ishonavermang. O`zingizni qiziqtirgan tibbiyot va hozirgi vaziyatga oid barcha savollarga Sog`liqni saqlash vazirligining 1003 raqami orqali javob olishingiz mumkin.
Darvoqe, Toshkent shahar hokimligi ham shahar aholisi koronavirus kasalligi va karantin borasidagi savollar bilan 1055 qisqa raqami orqali murojaat qilishi mumkinligi haqida xabar qildi.