“Formula-4” poygasida Mixael Shumaxerning o`g`li Mik Shumaxerning sinov jarayonini kuzatish uchun 100 nafar jurnalist, suratchi va tasvirga olish jarayonida ishtirok etadigan hodimlar ro`yxatdan o`tgan. Mik “Van Amersfoort” jamoada rasmiy sinov poygasini o`tkazdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.
Shumaxerlar oilasining menejeri Sabina Kem Mik hozir intervyu bermasligini ta`kidladi. U Mikning endigina 16 yoshga to`lgani va hozir uning uchun tajriba to`plash muhim ekanligini ta`kidlagan.





