Rossiyalik Valeriy Spiridonov ayni damda 30 yoshda. U mahoratli dasturchi. Afsuski Valeriy fanda xali davosi topilmagan “Verding-Xoffman” (mushaklarni yo`qligi og`ir turdagi kasallik) sindromi kasalligiga chalingan. Shmfokorlarning fikricha, odatda bunday kasallikka chalingan insonlar bu qadar ko`p umr kechirishmaydi. Valeriyning 30 yoshga etgani katta bir mo`jiza ekan.
Valiy bu haqda o`zi hambiladi. Shu sababli u dunyoda amaliyotda sinab ko`rilmagan bir amaliyotni o`zida sinab ko`rmoqchi.
U o`z hayotini saqlab qolishning yagona yo`li bu boshini boshqa tanaga ko`chirib o`tkazish ekanini aytmoqda. Aytish kerakki, Valeriy bunday amaliyotga rozi bo`lgan dunyodagi ilk va yagona inson sanaladi. Bu murakkab jarrohlik operasiyasini Italiyalik shifokor Serjio Kanavero amalga oshiradi. Ta`kidlash joizki, bu kabi amaliyotlar avval hayvonlarda, AQShda maymunda va Rossiyada itda muvafaqiyatli sinab ko`rilgan.
“Mening ana shu jarrohlik operasiyasiga rozi bo`lishdan o`zga ilojim yo`q. Chunki oldimda ikki yo`l bor: biri o`limni oddiygina qalub qilish, ikkinchisi esa tavakkal qilish. Tan olib aytishim kerak, ahvolim yildan-yilga og`irlashib bormoqda. Bilmadim, bu kasallikka qarshi yana qancha muddat kurashishga kuchim etar ekan. Shuning uchun ham, men bu murakkab jarrohlik amaliyotiga rozi bo`ldim. Albatta ko`nglimda qo`rquv bor, ammo o`zga chora yo`q” – deydi 30 yoshli dasturchi Valeriy Spiridonov.
Shifokor hozirdi bemor bilan faqat “skype” orqali muloqot qilmoqda. Ushbu amaliyot 2016 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 36 soatlik jarrohlik operasiyasi uchun 11 million AQSh dollari miqdoridagi mablag` sarf etiladi.