AsosiySiyosat

“Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil etiladi

'“Ishga marhamat” monomarkazlari  tashkil etiladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4653-son, 26.03.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, kambag`al va ishsiz aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o`qitishga qaratilgan chora-tadbirlar to`g`risida qaror loyihasi ishlab chiqiladi.  

Bunda kambag`al, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o`qitish mahalla, tuman (shahar) va hudud markazlari darajasida “mahallada kasb-hunarga o`qitish maskanlari – tuman kasb-hunarga o`qitish markazlari – hudud “Ishga marhamat” monomarkazlari” mexanizmi asosida amalga oshiriladi.

✅ Loyihada shuningdek, quyidagilar nazarda tutiladi:

👉 2020 yil 1 iyulga qadar har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo`yicha nodavlat tashkilotlari o`rtasida tanlov o`tkazish, tanlov g`oliblariga o`z ishini tashkil qilish uchun grant ajratish;

👉 2020 yil 1 oktyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan “Ishga marhamat” monomarkazlari yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarini tashkil etish;

👉 2020 yil 1 iyunga qadar Rossiya Federasiyasining o`zbekistonlik mehnat migrantlari eng ko`p faoliyat yuritayotgan hududlarini aniqlab, dastlabki bosqichda kamida 5 ta shaharda migrantlarni kasbga o`qitish va rus tilini o`rgatishni tashkil etish.

Qaror bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Boshqa yangiliklar