AsosiyJamiyat

TIV Buyuk Britaniyada bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga murojaat qildi

'TIV Buyuk Britaniyada bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga murojaat qildi'ning rasmi

Maxsus respublika komissiyasining qaroriga binoan, mamlakatda epidemiologik vaziyatning yanada yomonlashuvining oldini olish maqsadida 2020-yil 30-martdan 20-aprelgacha O`zbekistondagi barcha aeroportlar faoliyati va xorijiy davlatlar bilan havo aloqasi butunlay to`xtatildi.

Shu munosabat bilan ushbu muddatda Buyuk Britaniyadan O`zbekistonga charter reysini amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.

Shu bilan birga, Elchixona O`zbekistonga qaytishni istagan fuqarolar ro`yxatini shakllantirish bo`yicha ishlarni davom ettirmoqda. Parvozlarni tashkil qilish imkoniyati tug`ilsa, qo`shimcha ravishda xabar beriladi.

Buyuk Britaniyada bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari koronavirus bilan kasallanishning oldini olish uchun o`ta zarurat bo`lmaganda vaqtinchalik yashash joylaridan chiqmaslik, xavfsizlik choralariga va Buyuk Britaniya hukumati tomonidan o`rnatilgan qoidalarga, jumladan ijtimoiy masofa saqlash bo`yicha talablarga rioya qilishlari lozim.

Avval xabar qilinganidek, Buyuk Britaniyaning vizasi muddati tugayotgan fuqarolar immigrasiya xizmatiga 0800 678 1767 raqami orqali murojaat qilishi yoki CIH@homeoffice.gov.uk elektron pochta manziliga xabar yuborish orqali viza muddatini 2020-yil 31-maygacha uzaytirishi mumkin.

Elchixona vatandoshlarni, ayniqsa talabalarni bir-birlariga o`zaro yordam va ma`naviy ko`mak ko`rsatishga, muhim va foydali ma`lumotlarni, jumladan ijtimoiy-maishiy muammolarni hal qilish bo`yicha maslahatlarni baham ko`rish hamda yolg`on ma`lumotlarning tarqalishiga yo`l qo`ymaslikka chaqiradi.

Mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi ayni paytda Buyuk Britaniyada bo`lgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan O`zbekiston fuqarolariga yordam ko`rsatish va bunda o`zbek diasporasi vakillarini ham jalb qilish bilan shug`ullanmoqda. Agar siz shu kabi vaziyatga tushib qolsangiz, Operativ shtabga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingizni so`raymiz:

Sultanbek Imamov, konsul, +44 (0) 7920443049

Aliyor Tilavov, maslahatchi, +44 (0) 7741892812

Ravshan Duschanov, 2-kotib, +44 (0) 7825221946

Shohruz Samadov, attashe, +44 (0) 7780687935

Veb-sayt: https://www.uzembassy.uk

Elektron pochta: info@uzembassy.uk, consul@uzembassy.uk  

Facebook sahifasi: https://www.facebook.com/uzemb.lon.3

Abduxakim Maxmudov, “Uzbekistan Airways” AJning London shahridagi vakili:

Tel.: +44 (0) 207 0342090, +44 (0)7783644945

Veb-sayt: https://www.uzairways.com/uz

Elektron pochta: london@uzairways.co.uk

Boshqa yangiliklar