1

O`zbekistonda transport vositalaridan maxsus ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun jarima miqdori ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 31.03.2020, 18:59
Teglar: karantin, YHB
O`zbekistonda transport vositalaridan maxsus ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun jarima miqdori ma`lum qilindi

Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek, viloyatlar markazlarida 2020 yil 30 mart kunidan 20 aprelga qadar transport vositalari harakatlanishiga faqat maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida ruxsat berilishi haqidagi qarorning ijrosini ta`minlash maqsadida 31 martdan boshlab ushbu qarorni buzayotgan haydovchilarni aniqlash bo`yicha tadbirlar o`tkaziladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma`lum qildi,  deb xabar berdi Daryo.

Bosh boshqarma tomonidan qayd etilishicha, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54 moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga binoan, huquqbuzarlarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha (fuqarolarga) va 30 baravaridan 50 baravarigacha (mansabdor shaxslarga) miqdorda jarima solinishi mumkin.

Ma`lum qilinishicha, maxsus ruxsatnomani qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Eslarib o`tamiz, shaxsiy avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soddalashtirilgan onlayn rejimda rasmiylashtirilmoqda. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ma`lum qilinishicha, maxsus ruxsatnoma olish uchun BMW X7, Mercedes, Lexus, Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker kabi mashinalar egalaridan «kurerlikni amalga oshirish» maqsadida arizalar kelib tushmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1