1

Koronavirusni davolashga yo`naltirilgan har qanday muolaja ilmiy asloslangan bo`lishi kerak. Aks holda...

Salomatlik 31.03.2020, 20:09
Teglar: koronavirus, davolash
Koronavirusni davolashga yo`naltirilgan har qanday muolaja ilmiy asloslangan bo`lishi kerak. Aks holda...

Koronavirusni davolashga yo`naltirilgan har qanday muolajalar bo`yicha takliflar ilmiy asloslangan bo`lishi kerak. Aks holda...

Koronavirusni davolashga yo`naltirilgan har qanday muolajalar bo`yicha takliflar ilmiy asloslangan bo`lishi kerak. Aksincha sinov va tajribalardan o`tmagan holda, muolajalar qilish turli asoratlarga sabab bo`lishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi, Bosh prokuratura, Sog`liqni saqlash vazirligining virtual qabulxonasi va 10-03 ishonch telefonlariga yo`llanayotgan “Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarni davolash borasida”gi murojaatlar tahlili shuni ko`rsatmoqda. Xalqimiz Ibn Sino ta`limotining davomchilari sifatida xalq tabobatiga asoslangan davolash amallari to`g`risida taklif-mulohazalarni ko`plab yo`llamoqdalar. Ushbu holatning insonni quvontiradigan jihati shundaki, yurtdoshlarimiz o`z salomatliklariga befarq emasligi, tibbiy bilim savodxonligi borasidagi qarashlari va sa`y-harakatlari o`z natijasini berayotganligidan, umuman olganda salomatlik tushunchasiga e`tiborli ekanliklaridan dalolat bermoqda.

Aholi murojaatlari fuqarolarni qiynab turgan muammoli masalalar echimiga  yo`naltiriladi.  

Koronavirus infeksiyasini davolash amaliyoti bilan bog`liq takliflar aslida murojaat shaklida emas, balki Sog`liqni saqlash vazirligiga ilmiy jihatdan o`rganib chiqish uchun takliflar ko`rinishida yuborilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki bu takliflarni o`rganib chiqish bo`yicha ilmiy-tadqiqot institutlari, farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi va boshqa mutasaddi markazlar faoliyat ko`rsatadi.  

Sog`liqni saqlash vazirligiga aholi tomonidan yo`llangan davolash amallari bo`yicha takliflari umumlashtirilgan holda, soha olimlari tomonidan uzoq muddatli ilmiy tadqiqotlar orqali asoslantiriladi. Erishiladigan ilmiy asoslangan natijalar 70 %dan kam bo`lmagan taqdirda, amaliyotga tadbiq etiladi.  

Ko`rinib turibdiki, takliflarni o`rganish uzoq muddat talab etishini, jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari ko`pi bilan 1 oy muddatda ko`rib chiqilishini e`tiborga olgan holda, aholidan yo`llanadigan koronavirus infeksiyasini davolashga yo`naltirilgan takliflar Sog`liqni saqlash vazirligiga, tabobat amallari O`zbekiston xalq tabobati assosiasiyasiga yuborilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi deb hisoblaymiz. Bu bilan inson huquqlarini cheklash niyatimiz yo`q, aksincha Siz tomoningizdan bo`layotgan takliflarga e`tiborli ekanligimizni hamda mazkur takliflarni o`rganish uchun manzilli yo`naltirish niyatida ekanligimizni ma`lum qilmoqchimiz.  

Bu orqali har bir insonni foydali maslahatlari, taklif va mulohazalariga chuqur yondoshish va ilmiy asoslash imkoni yaratiladi, bundan ko`p millatli xalqimiz salomatliklarini tiklash yo`lida faqat foyda ko`radi deb hisoblaymiz.

Shu o`rinda yana bir jihatga e`tiborlaringizni qaratmoqchimiz. Koronavirus infeksiyasini uy sharoitida o`z bilgancha davolashga urinish jiddiy oqibatlarga va og`ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, kasallikning ilk belgilarini sezganda shifokorga erta murojaat qilish, turli asoratlarni oldini olish va davolash jarayonlarini qisqartirilishiga olib kelishini aslo unutmasliklaringizni so`raymiz.

Nuriddin TAShBAEV, Tibbiyot fanlari nomzodi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  

agentligi axborot tahlil bo`limi boshlig`i

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1