1

Benzin, dizel va gazni oxirgi iste`molchiga sotishda belgilangan aksiz solig`i stavkasi yil oxiriga qadar o`zgarishsiz qoladi — Moliya vazirligi

Iqtisodiyot 01.04.2020, 09:07
Benzin, dizel va gazni oxirgi iste`molchiga sotishda belgilangan aksiz solig`i stavkasi yil oxiriga qadar o`zgarishsiz qoladi — Moliya vazirligi

Moliya vazirligining maxsus xabarnomasi e`lon qilindi. Unga ko`ra, qabul qilingan qarorga asosan joriy yil oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo, shuningdek oxirgi iste`molchiga sotiladigan benzin, dizel yoqilg`isi hamda suyultirilgan va siqilgan gazga amaldagi aksiz soliq stavkalari saqlanib qolinishi belgilandi. 

Ma`lumot uchun: “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga asosan joriy yilning 1 aprelidan boshlab aksiz soliq stavkalarining oshirilishi ko`zda tutilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1