Qo`qonda haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
2020 yil 28 mart kuni Qo`qon shahar, A.T.Xuqandiy mavzesida yashovchi, 1979 yilda tug`ilgan, Xalq deputatlari Qo`qon shahar kengashi deputati X.N. Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qo`pol ravishda buzgani aniqlandi. U “Telegram” ijtimoiy tarmog`ida ochilgan guruhlar a`zolariga Qo`qon shahrida 2 nafar shaxsda “Koronavirus” kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida jonli tarzda audio yozuvi orqali haqiqatga to`g`ri kelmaydigan uydirma va yolg`on ma`lumotlarni tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar prokuraturasi tomonidan 31.03.2020 yil kuni X.N.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.